Telegram group «NET CITY klubi IT specialist»

Telegram group NET CITY klubi IT specialist

O`quv markazi quyidagi qisqa muddatli o`quv kurslariga taklif qiladi: Buxgalteriya, Neft va gaz ishi, Kompyuter savodxonligi, Elektroenergetika, Payvandlovchi va boshqa yo`nalishlar. Tel: 93 081 10 36, 90 511 50 80

Low activity
Language se

177

Members count

28

Online

1

Active users
  • H.M.K 함라예바 만질라 18:20
    H.M.K 함라예바 만질라

    ​​#operatsion_tizim Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish Deyarli har bir zamonaviy operatsion tizim uchun fleshkada live-obraz yaratish mumkin – ya’ni butun tizim qariyb o‘rnatilgan holatda fleshkada saqlanadi va bunday fleshkani ShK’ga ulaganda, ushbu tizimni ishga tushirish va u bilan xuddi qattiq diskka o‘rnatilgani kabi ishlash mumkin. 📌 Obraz – odatda diskning yozilish paytida fayllar va papkalarga nisbatan qanday xususiyatlar belgilangan bo‘lsa, xuddi shu xususiyatlarni saqlagan holda nusxasi yaratilgan fayldir. Obrazlar odatda o‘rnatiluvchi disklardan olinadi va turli hajmlarda bo‘ladi. Kamchiliklaridan — birinchi marta ishga tushirilishi uzoqroq vaqt talab etadi, qulayroq foydalanish uchun esa 16Gb xotirali va o‘qish/yozish tezligi hech bo‘lmaganda 20-30 Mb/s darajasidagi USB 3.0 fleshkasi kerak bo‘ladi. Bu nima uchun kerak? Masalan, ish makonni qisqartirish maqsadida – o‘zingiz bilan noutbuk olib yurishning o‘rniga fleshka bilan cheklanish mumkin. Ushbu fleshka shuningdek qurilmaga o‘rnatilgan Windows’ni ishga tushirish imkoni bo‘lmagan holatlarda yordam berishi mumkin. Live-obrazni yaratish uchun bizga har qanday Windows 10 obrazi va Rufus dasturi kerak bo‘ladi (rasmiy saytlaridan yuklab olish mumkin). Endi kompyuterga fleshkani ulaymiz, Rufusni ishga tushiramiz, NTFS fayl tizimini tanlaymiz, “Создать загрузочный диск” menyusidan ISO-obrazni tanlaymiz va sal pastroqda Windows To Go’ni tanlaymiz. Bo‘ldi, endi Start tugmasini bosamiz va obraz fleshkaga nusxalanib tushguniga qadar kutamiz. Shuningdek unga kerakli dasturlarning portable-versiyalarini tashlab qo‘yish mumkin. Rufus’ni yuklab olish: https://rufus.ie/ 📝 Manba: @XAKEPCTBO_channel 👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻 https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg

Online

Activity

Active users