Telegram group «Dunyo Oilaviy Restoran.»
239
47
1
-
13:22
Diyor Ziyatovich🌧️🤲 Yomg‘ir yog‘moqda, Allohning cheksiz rahmati va ne’mati! Yog‘ayotgan har bir yomg‘ir tomchisi yurtimizga, el-u xalqimizga, xonadonlarimizga fayz-u baraka olib kelsin. Allohim, bu yomg‘irni rahmat yomg‘iri qilgin, hech qachon ofat va balo yomg‘iri qilmagin. Dalalarimizga hosil, bog‘larimizga meva, dehqonlarimizga mo‘l-ko‘lchilik, dasturxonlarimizga to‘kinlik ato etgin. Har bir oilaga tinchlik-xotirjamlik, sog‘lik-salomatlik, halol rizq va cheksiz baraka nasib aylagin. Yomg‘ir bilan birga qalblarimizdagi g‘am-tashvishlar ham yuvilib ketsin. Qilgan duolarimiz ijobat, ezgu niyatlarimiz amalga oshsin. Uzoqdagi yaqinlarimizni sog‘-omon, xonadonlarimizni baxt-u saodatga to‘ldirgin. Allohim, yomg‘iringga baraka ber, yurtimizni obod, xalqimizni farovon, osmonimizni musaffo qilgin! Yomg‘ir muborak bo‘lsin! Har bir tomchisi ming bir yaxshilikka sabab bo‘lsin. Omin, ya Robbal olamin! 🤲❤️