Telegram group «Jo'rajon_TV ,,Jo'rajon,,Uzoqdagi yaqinim»
201
37
1
-
13:09
Boymirzayev BoymirzayevOrzularim armon qilgan eh yangalar, Bizda yo'qmi ayting o'shal zar tangalar. Zargar qadrin qaydan bilsin bu qarg'alar, Kambag'alga qiz bermagan boyvachchalar. Ko'ngilchangiz tusab qolsa topardingiz, Pulim borda ortimizdan chopardingiz. Qizingizni bermagan ham siz o'zingiz, Kambag'alga qiz bermagan boyvachchalar. Koshonasi tillodanmi uylaringiz, Dabdabali ekan bilsam tuylaringiz. Men oshiqqa rostin aytmas o'ylaringiz, Kambag'alga qiz bermagan boyvachchalar. Mayli hozir mardikor deb kamsitinglar, Salom bersak alik olmay siz turtinglar. Boy bo'larmiz bir kun xali jim kutinglar, Kambag'alga qiz bermagan boyvachchalar. Sovchilarim darvozadan quvibsizmi, Qadamimiz suvlar sepib yuvibsizmi. Salomimiz olmagan ham o'zingizmi, Kambag'alga qiz bermagan boyvachchalar. Do'st yonida qo'limizni olmadingiz, G'iybat qilib erta-yu kech tolmadingiz. Otangizdan o'tib bizni sevolmadingiz, Kambag'alga qiz bermagan boyvachchalar. Telbalarga aylantirgan qalamingiz, Men oshiqdan olibsiza alamingiz. Boylikni deb mendan kechgan sanamingiz, Kambag'alga qiz bermagan boyvachchalar. Boymirzayev Eshmamat